Sodiqlik dasturi

1

Sodiqlik dasturi shartlari

BREADLY tarmog'ining Sodiqlik dasturi (bundan buyon matnda "Sodiqlik dasturi" deb yuritiladi) — bu doimiy mijozlar uchun dastur bo'lib, ularga BREADLY savdo tarmog'iga tashrif buyurishdan eksklyuziv imtiyozlar olish, shu jumladan bonuslarni to'plash va ulardan foydalanish yoki chegirmalar olish huquqini beradi. Sodiqlik dasturining ishtirokchisi bo’lish uchun BREADLY savdo tarmog'ida belgilangan miqdordan kam bulmagan summaga bir martalik xarid qilib, ro'yxatdan o'tish anketasini to'ldirish lozim.

"ARTISAN BREAD" MCHJ (bundan buyon matnda "Kompaniya" deb yuritiladi) Sodiqlik dasturining amal qilish muddati va qoidalarini bir tomonlama belgilash, shuningdek, BREADLY Sodiqlik dasturining shartlariga o'zgartirish kiritish yoki uni to'xtatish huquqini o'zida saqlab qoladi.

2

Sodiqlik dasturida ishtirok etish

Sodiqlik dasturida ishtirok etish ushbu shartlarning bandlari bilan tartibga solinadi.

Ro'yxatdan o'tish anketasining to'ldirilishi, dastur ishtirokchisining BREADLY tarmog'ining Sodiqlik dasturi shartlariga roziligini bildiradi.

12 yoshga to'lgan har qanday jismoniy shaxs Sodiqlik dasturining ishtirokchisi bo'lish huquqiga ega.

Sodiqlik dasturining ishtirokchisi bo'lish uchun BREADLY savdo tarmog'ida belgilangan miqdordan kam bulmagan summaga bir martalik xarid qilish kerak. Shundan so'ng, mijozga ro'yxatdan o'tish anketasi to'ldirish uchun taqdim etiladi.

Anketani to'ldirish sodiqlik dasturida ishtirok etish uchun zaruriy shartdir. To'ldirilgan anketa BREADLY-tarmog’i tegishli filialining kassiriga taqdim etilishi kerak.

Ro'yxatdan o'tish anketasi to'ldirilganidan so'ng, mijoz nomiga Sodiqlik dasturida shaxsiy karta yaratiladi. Karta mijozning telefon raqamiga bog'langan bo’lib, bonuslarni to'plash uchun ishlatiladi. Agar mehmonning telefon raqami o'zgartirilsa, BREADLY tarmog'ining istalgan filialida mas'ul xodimga darhol murojaat qilib, Sodiqlik dasturining tizimiga tegishli o'zgartirishlar kiritilishini aytish kerak.

Kompaniya og'zaki va yozma tushuntirish bermasdan, o'z xohishiga ko'ra, mehmonning Sodiqlik dasturida ishtirok etishini rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

3

Bonuslarni hisoblash

Sodiqlik dasturining ishtirokchisi Breadly tarmog'ida amalga oshirilgan xaridlarning ma'lum miqdoriga mos keladigan uchta imtiyoz darajasidan biriga ega bo'lishi mumkin.

Imtiyozlarning 1-darajasida (qora) mijozning Sodiqlik dasturi hisobiga xaridlar summasining 5% miqdorida bonuslar qo’shiladi.

2-darajada (kumush) - 7%

3-darajada (oltin) - 10%.

Bonus - amaldagi milliy valyutaning 1 so'mlik ekvivalentiga mos keladigan virtual shartli birlikdir.

Bonuslar Sodiqlik dasturidagi hisob raqamiga, xariddan keyin 2 ish kuni ichida qo’shiladi.

Bonuslar xaridni naqd pul bilan yoki naqd pulsiz to'lashda qo’shiladi.

4

Bradley mijozlarga sodiqlik dasturi orqali bonuslarni hisoblash imkoniyatlari

Birinchi darajali imtiyozlar berilgandan so'ng, ishtirokchining Sodiqlik dasturi doirasida amalga oshirilgan barcha keyingi xaridlari bir-biriga qo’shilib navbatdagi darajaga erishish uchun hisobga olinadi.

Kompaniya cheklangan miqdordagi mijozlarga sovg'a bonuslarini o'z xohishiga ko'ra qo’shish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Kompaniya Sodiqlik dasturi ishtirokchilari uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan soliq oqibatlari uchun javobgar emas.

5

Bonuslardan foydalanish

To'plangan bonuslardan BREADLY-ning barcha filiallarida, umumiy ovqatlanish bo'limi doirasida, xaridlarni to'lash orqali foydalanish mumkin. Sodiqlik dasturi shartlari restoranlar tomonidan non mahsulotlari xarid qilish, mahsulotlarni yetkazib berish va Kompaniyaning o‘quv bo‘limiga taalluqli emas.

Sodiqlik dasturi spirtli ichimliklarni qamrab olmaydi.

Bonuslar chekning umumiy summasining 65 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorini to'lash uchun ishlatilishi mumkin.

Bonuslarni uchinchi shaxslarga berish, o'tkazish yoki pul ekvivalentiga almashtirish mumkin emas.

Agar Sodiqlik dasturining ishtirokchisi sotib olingan mahsulotni qaytarib bersa, ushbu mahsulotga hisoblangan bonuslar bekor qilinadi.

Sodiqlik dasturi doirasida berilgan bonus ballarining amal qilish muddati 1-darajali imtiyozlar uchun 6 oy, 2-darajali imtiyozlar uchun 9 oy va 3-darajali imtiyozlar uchun 12 oy deb belgilanadi.

Taqdim etilgan bonus ballar belgilangan muddat ichida sarf etilmasa, kompaniya ularni bir tomonlama bekor qilish huquqini o'zida saqlab qoladi.

6

Shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish

Sodiqlik dasturining ishlashini ta'minlash uchun Kompaniya dastur ishtirokchilarining shaxsiy ma'lumotlarini to'playdi.

Sodiqlik dasturining ishtirokchisi bo'lish va ro'yxatdan o'tish anketasini to'ldirish orqali mijoz taqdim etilgan ma'lumotlarining haqiqiyligini tasdiqlaydi, uning shaxsiy ma'lumotlarini kompaniyaning mijozlar reestrida qayta ishlashiga roziligini bildiradi, hamda savdo nuqtalarining kassa joylarida va kompaniyaning korporativ www.breadly.uz web-saytida joylashgan Sodiqlik dasturining shartlariga roziligini tasdiqlaydi.

Sodiqlik dasturining ishtirokchisi Kompaniya ro'yxatdan o'tish anketasida ko'rsatilgan ma'lumotlardan ishtirokchini aniqlash, joriy operatsiyalarni verifikatsiyalash, yangiliklar, maxsus takliflar, Sodiqlik dasturidagi o'zgarishlar va bonuslarni hisobga olish to'g'risida ma'lumotlarni yuborish uchun foydalanishi mumkinligiga roziligini bildiradi. Aloqa usuli ishtirokchi tomonidan anketada belgilanadi.

Kompaniya dastur ishtirokchilarining shaxsiy ma'lumotlarini oshkor qilmaslik va ularni uchinchi shaxslarga o'tkazmaslik majburiyatini oladi, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Bizga qo'shiling Instagram

To Top